15:47 / 16.09.2016
13669

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi saylov okruglarini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 9, 14-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

Q a r o r   q i l a d i:

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri chegaralari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi quyidagi saylov okruglari tuzilsin:

1-Qoraqalpog‘iston saylov okrugi

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – Yoshlar markazi binosi, Nukus shahri, Qoraqalpog‘iston ko‘chasi, 23-uy. 
Saylovchilar soni – 1188763 kishi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi chegarasi doirasida.

2-Andijon saylov okrugi

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – Andijon viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi binosi, Andijon shahri, Alisher Navoiy shoh ko‘chasi, 32-uy. 
Saylovchilar soni – 1984247 kishi.
Andijon viloyati chegarasi doirasida.

3-Buxoro saylov okrugi

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – Buxoro viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi binosi, Buxoro shahri, Alisher Navoiy shoh ko‘chasi, 3-uy. 
Saylovchilar soni – 1265163 kishi.
Buxoro viloyati chegarasi doirasida.

4-Jizzax saylov okrugi

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi Jizzax viloyati bo‘limi binosi, Jizzax shahri, Sharof Rashidov shoh ko‘chasi, 70-uy. 
Saylovchilar soni – 844309 kishi.
Jizzax viloyati chegarasi doirasida.

5-Navoiy saylov okrugi

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – “Farhod” madaniyat saroyi binosi, Navoiy shahri, Xalqlar do‘stligi shoh ko‘chasi, 58-uy. 
Saylovchilar soni – 641380 kishi.
Navoiy viloyati chegarasi doirasida.

6-Namangan saylov okrugi

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – Yoshlar markazi binosi, Namangan shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 15-uy. 
Saylovchilar soni – 1771067 kishi.
Namangan viloyati chegarasi doirasida.

7-Samarqand saylov okrugi

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – Samarqand davlat universiteti qoshidagi 2-akademik litsey binosi, Samarqand shahri, Rudakiy ko‘chasi, 237-uy. 
Saylovchilar soni – 2373738 kishi.
Samarqand viloyati chegarasi doirasida.

8-Sirdaryo saylov okrugi

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – Sirdaryo viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi binosi, Guliston shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 66-uy. 
Saylovchilar soni – 529810 kishi.
Sirdaryo viloyati chegarasi doirasida.

9-Surxondaryo saylov okrugi

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – 1-bolalar musiqa va san'at maktabi binosi, Termiz shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 12-«V» uy. 
Saylovchilar soni – 1581214 kishi.
Surxondaryo viloyati chegarasi doirasida.

10-Toshkent viloyati saylov okrugi

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – Toshkent viloyati moliya boshqarmasi binosi, Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi, 17-uy. 
Saylovchilar soni – 1943289 kishi.
Toshkent viloyati chegarasi doirasida.

11-Farg‘ona saylov okrugi

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Farg‘ona viloyati kengashi binosi, Farg‘ona shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 27-uy. 
Saylovchilar soni – 2417891 kishi.
Farg‘ona viloyati chegarasi doirasida.

12-Xorazm saylov okrugi

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – “Barkamol avlod” bolalar markazi binosi, Urganch shahri, G‘afur G‘ulom ko‘chasi, 1-uy. 
Saylovchilar soni – 1167263 kishi.
Xorazm viloyati chegarasi doirasida.

13-Qashqadaryo saylov okrugi

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – “O‘zgeoburg‘uneftgaz” aksiyadorlik kompaniyasi binosi, Qarshi shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 35-uy. 
Saylovchilar soni – 1984042 kishi.
Qashqadaryo viloyati chegarasi doirasida.

14-Toshkent shahar saylov okrugi

Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – Toshkent shahar hokimligi ma'muriy binolardan foydalanish departamenti binosi, Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi, 14-uy. 
Saylovchilar soni – 1742833 kishi.
Toshkent shahri chegarasi doirasida.

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek, boshqa manbalarda e'lon qilinsin.

Markaziy saylov komissiyasi Raisi M.Abdusalomov

Top