23:40 / 17.09.2016
29866

Suriyalik selfi olayotganda o‘zi va do‘stlarini tasodifan portlatib yubordi

Internetda Suriya ozod armiyasi (Suriya prezidenti Bashar Asad hukumatiga muxolif guruh) jangchisi deya ehtimol qilinayotgan kimsa selfiga tushish vaqtida o‘zini va do‘stlarini tasodifan portlatib yuborgani videosi chop etildi. Bu haqda The Daily Mail nashri xabar bermoqda. 

Videoda 8 erkak bir xonada o‘tirib, karaoke kuylayotgani, ular oldida qurollari borligini ko‘rish mumkin. Shu payt ulardan biri do‘stlari bilan vaqti chog‘liq onlarini telefoni yordamida suratga olmoqchi bo‘lgan. U kerakli holatni egallab, telefon tugmasini bosganda xonada portlash yuz bergan.

Ko‘rinishicha, erkak ishlatgan telefon orqali portlovchi qurilmani ishga tushirish rejalashtirilgan. Shuning uchun telefon tugmasini bosish portlovchi qurilmaning portlashiga olib kelgan. 

 

Top