15:59 / 17.09.2016
6276

Yumshoq tomli Aston Martin DB11 modelining ilk suratlari paydo bo‘ldi

Aston Martin kompaniyasi DB11 superkarining— Volante nomi bilan ishlab chiqariluvchi tomi ochiladigan rusumini namoyish etdi. Kompaniya shu paytgacha tomi yopiq va yon hamda ustiga niqoblar yopishtirilgan prototipi suratlarini avtohavaskorlar e'tiboriga havola qilgan edi. Model rasman 2018 yil bahoridan ishlab chiqarila boshlanadi. 

DB11 kupesi shu yilning mart oyida taqdim etilgandi. U, «Aston»ning birinchi turbo dvigateliga ega modeli bo‘ldi. Superkarga 5,2-litrli, 12 silindrli, 608 ot kuchiga ega motor joylandi. Mashinaning uzatmalar qutisi 8 bosqichli ZF avtomatikasi bo‘lib, mashina orqa o‘qiga o‘zi bloklanadigan differensial hamda og‘irlik kuchini nazorat qiluvchi tizim ham joylangan.  

Bunday mashina 3, soniyada «yuz»ga chiqa oladi. Uning eng yuqori tezligi soatiga 322 kmni tashkil etadi. 

Aston Martin DB11 modeli shu yilning to‘rtinchi choragidan Yevropada to‘plamiga qarab, 204,9 ming yevrodan sotila boshlanadi. 

Mavzuga oid
Top