08:22 / 17.09.2016
10806

O‘zbekiston futzal bo‘yicha jahon chempionatida Portugaliyaga mag‘lub bo‘ldi

Shu kunlarda Kolumbiyada futzal bo‘yicha Jahon chempionati davom etmoqda. Musobaqaning guruh bosqich 3-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston-Portugaliya terma jamoalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Portugaliyaliklar bahsda yirik - 5:1 hisobida g‘olib keldi.

Shu sabab Portugaliya termasi keyingi bosqichga yo‘l oldi. O‘zbekistonlik futzalchilar esa musobaqadagi ishtirokini yakunladi.

Portugaliya - O‘zbekiston — 5:1

Gollar: Rikardinyu (9, 13, 21), Andre (25), Jo (34) - Rikardinyu (11, avtogol)

 

manba:tribuna.uz

Mavzuga oid
Top