07:53 / 18.09.2016
4914

AQShda avtobus ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasida 4 kishi halok bo‘ldi

AQShning Shimoliy Karolina shtatida avtobus ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasida 4 kishi halok bo‘ldi va 40 dan ko‘proq odam jarohat oldi. Bu haqda WRAL telekanali xabar bermoqda.  

Avtobusda mahalliy talabalar futbol jamoasi o‘yinchilari bo‘lgan.

Ta'kidlanishicha, YTHga avtobus shinasining yorilishi sabab bo‘lishi mumkin. Voqea joyidan olingan suratlarda avtobusning yon tomoni butkul deformatsiyaga uchragani, jarohatlanganlar yerda yotganini ko‘rish mumkin bo‘lgan. 

Avtobusda Ramah Juco akademiyasi talabalari bo‘lgan, ular Park Leyk Rim shahrida bo‘lib o‘tadigan futbol uchrashuviga ketayotgan bo‘lganlar.

 

Top