15:04 / 18.09.2016
6907

Kashmirga jangarilar hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni 17 nafarga yetdi

Kashmirda Hindiston armiyasining Pokiston bilan chegara hududidagi bo‘linmasiga jangarilar tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida halok bo‘lganlar soni 17 nafarni tashkil qilayotgani tasdiqlandi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar tarqatgan.

Qayd etilishicha, to‘qnashuv vaqtida 4 nafar jangari yo‘q qilingan.

Lager hududida jangarilarning xabarchilarini qidirish ishlari olib borilmoqda.

Bundan oldinroq, ushbu hujum oqibatida 9 nafar harbiy halok bo‘lgani haqida xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top