17:25 / 18.09.2016
82329

Toshkentda ichida yo‘lovchilar bo‘lgan marshrutka ag‘darilib ketdi

Bugun soat 9da Toshkent shahrining Chilonzor tumani hududida Lacetti va «Gazel» markasidagi yo‘nalishli taksi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan. Ushbu ikki transport vositasi to‘qnashishi oqibatida ichida yo‘lovchilar bo‘lgan 29-yo‘nalishdagi marshrutka ag‘darilib ketgan.

Guvohlarning ma'lumotlariga ko‘ra, avariyaga aynan «Gazel» haydovchisi sababchi bo‘lgan. U bu vaziyatda tezlikni oshirgandi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q.

Nuz.uz nashri ma'lumotiga ko‘ra, marshrutkaning bir necha yo‘lovchisi jarohatlangan holda shifoxonaga olib ketilgan.

Top