15:10 / 18.09.2016
9034

Jak Shirak shifoxonaga yotqizildi

Fransiyaning sobiq prezidenti Jak Shirak Parij shahridagi shifoxonalardan biriga yotqizilgan. Bu haqda Le Parisien xabar tarqatgan.

Qayd etilishicha, 83 yoshli Shirak Marokashdagi ta'tili vaqtida o‘zini yomon his qila boshlagandi. 18 sentabrga o‘tar kechasi u oilasi bilan xususiy samolyot orqali Parijga uchgan. Samolyot bortida u bilan birga 2 shifokor uchgan.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, mamlakatning sobiq prezidentiga pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan.

Top