20:22 / 19.09.2016
58301

Butunrossiya o‘zbeklar va o‘zbekistonliklar kongressi Moskva meridan Islom Karimov memoriali uchun yer ajratishni iltimos qilmoqchi

Butunrossiya o‘zbeklar va o‘zbekistonliklar kongressi Moskva meri Sergey Sobyanin nomiga O‘zbekistonning birinchi prezidenti, marhum Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan memorial (yodgorlik) uchun yer ajratish iltimosi bilan yozma ravishda murojaat qilmoqchi, deb xabar bermoqda Sputnik nashri.

Bu haqda Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan kechada ma'lum qilindi. Yodgorlik qayerda, qanday ko‘rinishda va kimning mablag‘iga yaratilishi hozircha noma'lum.

 

Mavzuga oid
Top