11:47 / 19.09.2016
6484

Daniya Suriyaning Dayr-az-Zor shahriga berilgan zarbalarda ishtirok etgan

Daniya harbiy havo kuchlarining ikkita F-16 samolyotlari Suriya armiyasining Dayr-az-Zor shahridagi egallab turgan pozitsiyalariga zarba berishda ishtirok etgan. Buning natijasida 60dan ortiq harbiy xizmatchi halok bo‘lgandi. Bu haqda qirollik Qurolli kuchlari matbuot xizmati xabar qilmoqda

«Daniyaning ikkita F-16 samolyotlari boshqa mamlakatlari samolyotlari bilan birga ushbu hujumlarda ishtirok etdi. Rossiyaliklarning Suriya harbiylariga zarba berilgani to‘g‘risidagi xabarlardan so‘ng, zarbalar zudlik bilan to‘xtatilgan», — deyiladi xabarda. 

Qirollik Qurolli kuchlari matbuot xizmatida qayd etishlaricha, agar zarbalarning xatoligi tasdiqlansa, bu afsus-nadomatga sabab bo‘ladi. Shu bilan birga, daniyalik harbiylar xalqaro koalitsiya boshlab yuborgan surishtiruv ishlariga ko‘mak berish niyatida. 

Eslatib o‘tamiz, Suriyadagi xalqaro koalitsiya samolyotlari Suriya armiyasining pozitsiyalariga bergan havo zarbalari oqibatida 62 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lib, 100 ga yaqini jarohat olgandi. 

Mavzuga oid
Top