08:20 / 19.09.2016
3142

Fransiyalik poygachi Simon Pajno "Indikar" g‘olibi bo‘ldi

Penske jamoasi a'zosi, fransiyalik poygachi Simon Pajno AQShda o‘tadigan "Indikar" poygalar seriyasining 2016 yilgi g‘olibi bo‘ldi. Pajno 18 sentabrda Sonomeda o‘tgan poyganing yakuniy – 16-bosqichida marraga birinchi bo‘lib keldi.

Marraga ikkinchi bo‘lib amerikalik poygachi Greyam Raxal, uchinchi bo‘lib kolumbiyalik Xuan Pablo Montoyya yetib keldi.

Umumiy hisobda 32 yoshli fransuz 659 ochko to‘plab, faoliyatida birinchi bor "Indikar" chempioni bo‘ldi. 2-o‘rinni uning jamoadoshi – avstraliyalik Uill Pauer (532), 3-o‘rinni Penske’ning yana bir vakili – braziliyalik Elio Kastroneves (504) qo‘lga kiritdi.

 

Top