16:55 / 19.09.2016
5145

"Makdonalds" 500 million dollarli soliq to‘lovini to‘lamaganiligi ma'lum bo‘ldi

Yevrokomissiya "Makdonalds"dan 500 million dollarli soliqni oxirigacha to‘lashni talab qilishi mumkin. Bu haqida  Financial Times xabar berdi

Hujjatlarga ko‘ra, 2009 yildan tarmoqning Yevropa bo‘limi Yevroittifoq byudjyetiga 1,8 milliard dollarlik daromadining 1,49 foizini to‘lab kelgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, kompaniyaning shtab-kvartirasi joylashgan Lyuksemburgdagi soliqlar to‘lovi daromadning 29,2 foizini tashkil qilishi kerak bo‘lgan. 

"Makdonalds" xodimlarining ma'lum qilishicha, kompaniya barcha zarur soliqlarni to‘lab kelgan va davlat tomonidan hech qanday imtiyozlarga ega emas. 2011 yildan 2015 yilgacha kompaniya Yevroittifoqda tashkilot daromadining o‘zidanoq 2,5 milliard dollar soliq to‘laganligini ta'kidlagan. 

Bundan avval sentabrda Yevrokomissiya Apple korporatsiyasiga ham ana shunday ayblov qo‘ygandi - go‘yoki Irlandiya kompaniyaga asossiz soliq imtiyozlarini taqdim etgan. Tergov natijasida YeK fikricha, mamlakatga 13 milliard yevro kam soliq to‘langan. Korporatsiya endilikda 2003-2014 yillar davomida to‘lanmagan soliqlarni qaytarishi kerak bo‘ladi. Amerika kompaniyasida bu talablarning asossiz ekanligi ta'kidlanmoqda. 

Mavzuga oid
Top