17:29 / 19.09.2016
6943

Nyu-Yorkdagi portlash bo‘yicha ayblanuvchilardan birining nomi aytildi

17 sentabr kuni Nyu-Yorkning Manxetten dahasida yuz bergan portlash bo‘yicha ilk ayblanuvchi nomi ma'lum qilindi. Bu haqda shahar meri Bill De Blazioga asoslanib, Sputnik xabar tarqatgan.

Merning so‘zlariga ko‘ra, hujum tashkilotchiligida AQSh fuqarosi bo‘lgan 28 yoshli Ahmaj Xon Rahami ayblanmoqda.

Bundan oldinroq, 17 sentabr kuni Nyu-York va Nyu-Jyersidagi hujumlar bitta guruh tomonidan tashkil etilgani haqida taxmin berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 17 sentabr kuni Nyu-Jyersida xayriya marafoni arafasida portlash ro‘y berdi.

18 sentabrga o‘tar kechasi Manxetten markazidagi Chelsi kvartalida portlash yuz berdi. Hodisa oqibatida 29 kishi jabrlandi.

Bugun Nyu-Jyersidagi temir yo‘l bekatida yana bir shubhali buyum aniqlandi va portlatildi.

Top