11:17 / 19.09.2016
6586

Turkiya aviatsiyasi Suriya shimolidagi IShID pozitsiyalariga zarba berdi

Foto: AP

Turkiya harbiy havo kuchlari 18 sentabr, yakshanba kuni Suriya shimolidagi IShID terrorchilik tashkiloti pozitsiyalariga zarbalar berdi. Bu haqida Turkiya mudofaa vazirligi xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, terrorchilarning boshpanalari, qurol-yarog‘ ombori va shtabiga qarata aviazarbalar berilgan. Qancha jangari yo‘q qilinganiga doir ma'lumot berilmagan. 

Turkiya 24 avgustda o‘z chegarasida "xavfsizlik hududi"ni yaratish maqsadida "Frot qalqoni" operatsiyasini boshlagan va Suriyaga zirhli birliklar hamda maxsus kuchlarning bir qismini olib kirgan. Hozirda turk harbiylari hamda "Suriya erkin armiyasi" tuzilmasi Aazaz va Jarablus chegara shaharlari o‘rtasidagi 90 kilometrli hududni nazorat ostiga olishgan. 

Top