11:18 / 20.09.2016
5784

AQSh hukumati Nyu-York va Nyu-Jyersidagi portlashlarni terakt deb tan oldi

Foto: AP

Nyu-York meri Bill De Blazio Nyu-York va Nyu-Jyersidagi portlashlarni terakt deb hisoblashga barcha asoslar borligini aytdi. 

"Bizda bu portlashlar terrorchilik akti bo‘lgan deb hisoblashga barcha asoslar bor", deb aytdi mer matbuot-anjumanida.

17 sentabrda Manxettenning g‘arbiy qismida yuz bergan portlashda 29 odam jarohat oldi. Bir kun o‘tib qo‘lbola portlovchi qurilmalar solingan paket Nyu-Jyersi shtatidagi Elizabet shahrida topilgan.

FQB Nyu-Yorkdagi portlash ishi bo‘yicha afg‘onistonlik 28 yoshli Ahmad Xon Rahimiy qidirilayotganini e'lon qilgan. 19 sentabrda u Nyu-Jyersidagi Linden shahrida politsiya bilan otishmada vaqtida qo‘lga olingan. Ayni vaqtda birorta terrorchilik guruhi ushbu portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

Mavzuga oid
Top