15:05 / 20.09.2016
5269

BMT Suriyaga insonparvarlik yordamlari yetkazishni to‘xtatdi

BMT Halab viloyati hududida insonparvarlik yordamlari ortilgan konvoy o‘qqa tutilgach, Suriyaning yordamga muhtoj aholisiga yordam yetkazishni to‘xtatdi. Bu haqda BMTning insonparvarlik yordamlari masalasi bo‘yicha boshqarmasi vakili Yyens Larke ma'lum qildi.

"Xavfsizlik choralari sifatida Suriyadagi barcha konvoylar harakati ayni vaqtga kelib to‘xtatildi", deya uning so‘zlarini keltirgan TASS.

Bundan oldinroq "Jabhat an-Nusra" jangarilari Halabning 1070 kvartalida boshlagan hujumi qarshi hujum bilan bartaraf etilgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 19 sentabrda Suriya hukumati o‘t ochishni to‘xtatish sulhi bekor bo‘lgani haqida ma'lum qildi.

20 sentabrga o‘tar kechasi Halabda BMTning ijtimoiy konvoyi tarkibidagi 31ta yuk mashinasidan 14tasi hujumga uchradi va kamida 12 kishi halok bo‘ldi.

Top