18:51 / 20.09.2016
3926

BMT joriy yilda Yevropaga kelgan muhojirlar soniga oydinlik kiritdi

Foto: © RIA

Yil boshidan beri Yevropaga kirib kelgan qochqinlar soni 300 ming kishidan ortib ketdi, deb ma'lum qilgan BMT qochoqlar masalalari bo‘yicha boshqarmasi kotibi Vilyam Spindler.

"Yevropa sohillariga yetib kelgan qochqinlar va muhojirlar soni yil boshidan beri 300 mingdan oshdi", — degan Spindler.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "bu 2015 yilning 9 oyi mobaynida dengiz orqali kirib kelgan 520 ming kishidan ancha kam", ammo 2014 yilda kelganlardan 216 ming kishiga ko‘pdir. 

Shu bilan birga, joriy yilda Yevropaga yetib olishga urinish chog‘ida qurbon bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolganlar soni 3211 kishini tashkil etmoqda. Bu raqam 2015 yilgi 3771 nafar kishiga nisbatan 15 foizga kamdir. 

Gretsiyaga kelayotgan qochqinlar orasida asosan suriyaliklar (48 foiz), afg‘onlar (25 foiz), Iroq aholisi (15), Pokiston (4) va Eron fuqarolari (3 foiz)ni tashkil etadi. 

Italiyaga asosan Nigeriya (20 foiz), Eritreya (12), Gambiya, Gvineya, Sudan va Fil suyagi qirg‘og‘i (7 foizdan) davlatlaridan kelishmoqda. 

 

Top