21:11 / 20.09.2016
4747

Hindistonda maktab avtobusi kanalga tushib ketdi

Hindistonning Panjob shtatida maktab avtobusi kanalga tushib ketdi. Oqibatda 6 o‘quvchi halok bo‘ldi, 17 nafari jarohat oldi. Bu haqda 20 sentabrda The Indian Express xabar berdi.   

Yo‘l-transport hodisasi Amritsar shahri yaqinida yuz bergan. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, avtobus tor ko‘prikdan o‘tayotganda to‘xtab qolib, so‘ngra keskin harakatlanganda ko‘prikdan tushib ketgan.  

RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, avtobusda 7 yoshdan 14 yoshgacha bolalar bo‘lgan. Ma'lum qilinishicha, haydovchi voqea joyidan qochib ketgan.  

25 iyulda Hindiston shimolida poyezd maktab avtobusini urib yuborgan. Avtobusda 20 kishi bo‘lgan, 8 bola halok bo‘lgan. Politsiyada ma'lum qilinishicha, pereyezd nazoratchisi avtobus haydovchisini yaqinlashib kelayotgan poyezddan ogohlantirmoqchi bo‘lgan, biroq u quloqchinda bo‘lgani uchun hech narsa eshitmagan. 

 

Top