00:09 / 20.09.2016
12492

Ramzon Qodirov Checheniston rahbari saylovlarida deyarli 98 foizlik ovoz yig‘di

Checheniston rahbari saylovlarida ovoz berish bayonnomalarining barchasi ko‘rib chiqilgandan keyin respublikaning 98 foiz aholisi Ramzon Qodirovga ovoz bergani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda Checheniston saylov komissiyasi saytida ma'lum qilindi.    

"Ramzon Qodirovga dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 97,94 foiz, O‘sish partiyasi nomzodi Idris Usmanovga 0,84 foiz, "Spravedlivaya Rossiya"ning mintaqaviy bo‘limi yetakchisi Sultan Denilxanovga 0,53 foiz va kommunistlar nomzodi Gairsolt Batayevga 0,63 foiz saylovchilar ovoz bergan", deb ma'lum qildi saylov komissiyasi raisi Umar Bayxanov.

Saylovlarda Checheniston aholisining 94,8 foizi ishtirok etgan.

 

Top