Nemis futbol ligasining sobiq prezidenti va «Bayyer» jamoasining sobiq direktori Volfgang Xoltsxoyzer Kicker nashriga bergan intervyusida Germaniya chempioni nomini aniqlash uchun qo‘shimcha pley-off o‘yinlari o‘tkazilishi haqida fikr bildirib o‘tdi.
Bu fikrni Dortmundning «Borussiya» jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel qo‘llab-quvvatlagan.
«Nega endi yo‘q? Bu ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi o‘rin egalari uchun imkoniyat.
Menimcha, bu yaxshi o‘ylangan fikr. Umuman olganda, men qoidalar o‘zgarishi tarafdoriman», – degan Tuxel.
Manba: Tribuna.uz