08:55 / 21.09.2016
26138

Branjyelina ajralmoqda: taniqli juftlikning 11 yillik hayotiga bir nazar

Taniqli yulduzlar  Anjyelina Joli va Bred Pitt juftligi o‘n bir yillik munosabat va ikki yil qonuniy nikohdan so‘ng  ajrashmoqda. Aktrisa  olti farzandni o‘z qaramog‘iga olishni so‘ramoqda.

Hollivudning eng taniqli juftligi ajrashmoqda— Anjyelina Joli va Bred Pitt ajrimga ariza tashladi. Bu haqida  TMZ portali xabar bermoqda, keyinroq aktrisaning advokati  Robert Offer Associated Press agentligiga bog‘lanib xabarni tasdiqladi. Yuristning so‘zlariga ko‘ra, Joli bunday qarorga  «oila salomatligi uchun» kelgan.

Branjyelina ajrimining asosiy sababi Pittga otalik majburiyatlariga bo‘lgan munosabatlari, deb aytilmoqda.

 Advokatning so‘zlariga ko‘ra, Anjyelina Joli uning farzand tarbiyasida qo‘llaydigan uslublaridan ranjigan. U suddan , farzandlarni o‘z qaramog‘iga olishni talab qildi va ajrim kuni 15 sentabr ekanligini aytdi. Shuningdek, yurist ajrimga hech qanday uchinchi shaxs qo‘shilmaganini qayd etdi — bu qaydnoma Joli va Pitt ajrimi haqida birinchi xabar tarqatgan Inquisitr portalining ma'lumotlarini inkor etadi. Unga ko‘ra,  Bredning aktrisa Marion Kotiyyar bilan bo‘lgan ishqiy munosabati ajrim sababiga aylangan.

Joli birgina yurist bilan cheklanishni istamadi — uning ishiga ko‘plab taniqli shaxslarni ajratgan advokat Lora Vasser ham qo‘shiladi.

Joli va Pitt 2005 yil  «Janob Smit va Smit xonim» filmining suratga olish jarayonida tanishgan.

U vaqti Joli Tornton bilan ajrashgan edi, biroq asrab olgan o‘g‘li (Meddoks Shivan, hozir 15 yoshda) bilan qolgan edi.  Pitt esa Joli sabab aktrisa Jyennifer Eniston bilan ajrashishiga to‘g‘ri kelgan. Ikki yulduz juftligi natijasida hosil bo‘lgan Branjyelina yana ikki farzand (Paks Ten va Zaxara Marli)ni asrab oldi; bundan tashqari, aktyor rafiqasining katta o‘g‘lini ham otaliqqa oldi. Shuningdek, ularning o‘z farzandlari — Noks Leon, Shaylo Nuvel va Viven Marshelin bor.

Barcha farzandlar ikki familiya — Joli-Pittga ega.

Uzoq yillar davomida yulduzlar o‘z munosabtlarini nikoh bilan bog‘lashga shoshilmadi. OAVda nafaqat to‘y balki, juftlikning ajrashgani haqida mish-mishlar bolalayverdi.  Bu hodisalar bo‘lmadi, mish-mishlar tugamadi.

Ular 2014 yilning avgustida nikohdan o‘tishdi — ya'ni 10 yillik birga kechgan hayotdan so‘ng. Marosim Shato Miraval — Fransiya janubidagi eski qasrdagi kichik cherkovda nikohdan o‘tishdi. To‘y faqat eng yaqin insonlar davrasida hech qanday OAVsiz o‘tkazildi.

Ajrim taxminlarga ko‘ra, atrofdagilar uchun sirli kechadi. Joli va Pitt yaqinda mojaroli yakun topgan Jonni Depp va Ember Xyord turmushiga o‘xshab 11 yil ichida orada o‘tgan gaplarni yoki mulkni bo‘lib olish bo‘yicha kelishmovchiliklarni ommaga oshkor etmasligi aniq.  

Mavzuga oid
Top