17:08 / 21.09.2016
7200

Damashq yaqinida Suriya samolyoti qulab tushdi

Suriya harbiy samolyoti Damashq shahri yaqinida qulab tushgan. Bu haqda Syrian Observatory for Human Rights xabar tarqatgan.

Monitoring markazidagilarning qayd etishicha, samolyot urib tushirilgani yoki texnik nosozlik tufayli qulagani aniqlashtirilmagan.

Reuters agentligi xabariga ko‘ra esa, IShID jangarilari bu samolyot halokati uchun javobgarlikni zimmasiga olgan.

Mahalliy nashrlarda yozilishicha, samolyot uchuvchisi muvaffaqiyatli katapulta qilingan.

18 sentabr kuni ham Dayr-az-Zor shahri yaqinida suriyalik harbiylar samolyoti halokatga uchragan, bu samolyot uchuvchisi halok bo‘lgandi. Bu hodisa uchun ham javobgarlik IShID zimmasiga yuklangan.

Top