18:11 / 21.09.2016
8013

Yevro-2020 logotipi taqdim etildi

UYeFA prezidenti Aleksandr Cheferin, Angliya futbol assotsiatsiyasi raisi Greg Klark hamda London meri Sodiq Xon 2020 yilgi Yevropa chempionatining vizual konsepsiyasini hamda mezbon shaharlardan biri bo‘lmish London shahri taqdim etgan rasmiy logotipni namoyish qildi. Bu haqda UYeFA matbuot xizmati xabar tarqatgan.

Yevro-2020 brendining asosiy elementi - ko‘prik hisoblanadi. Bu - birlik va ittifoq ramzidir. Uning markazida Anri Delon kubogi va xushnud muxlislar tasvirlangan. Turnir logotipida uchrashuvlar o‘tkaziladigan 13ta shahar ko‘prik orqali bog‘langan. Logotip markazida Londondagi mashhur Tauer ko‘prigi tasvirlangan.

Yevro-2020 turniri Yevropa chempionatining 60 yilligida tashkil etiladi. Turnir qit'adagi 13ta shahar bo‘ylab o‘tkaziladi. Yarim final va final bahslari 2020 yilning iyul oyida Londondagi "Uembli" stadioniga belgilangan.

«Yevro-96 turniridan 24 yil o‘tib futbol yana o‘z beshigiga qaytdi. London va „Uembli“ tashkilotchilik borasida ulkan tajribaga ega ekani sir emas. Ishonamanki, muxlislar, va mehmonlar bu ajoyib shahar tomon oqib kelishadi. Bu shaharda turnirning oxirgi haftasi ajoyib ruhda o‘tadi. Katta xursandchilik bilan biz Yevro-2020 turnirini ko‘plab shaharlar bo‘ylab o‘tkazamizki, futbol - xalqlar o‘rtasidagi ko‘prikdir va chempionat muxlislarni yanada yaqinlashtiradi», — degan Cheferin.

Mavzuga oid
Top