Misr qirg‘oqlari yaqinida bortiga afrikalik 600 nafar qochqin chiqqan kema ag‘darilib ketdi. Bu haqda Misr hukumatiga asoslangan holda Associated Press xabar bergan.
Aniqlik kiritilishicha, bu hodisa oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi. Shu bilan birgalikda qurbonlar soni ortishi mumkinligi istisno etilmayapti.
Bundan tashqari, suvdan 180 kishi qutqarib olingan.
Ayni vaqtda bedarak ketganlarni qidirish ishlari davom etmoqda.
Bu kema Liviyadan yo‘lga chiqqandi. Halokatga uning bortiga haddan ortiq yo‘lovchi chiqqani sabab bo‘lgan.