Tonggi xabarlar: Branjyelina ajralmoqda, Skype’ning barcha versiyalari o'chiriladi, Armanistonda Mustaqillik kuni va boshqa eng qaynoq yangiliklar

O'zbekiston 21 Sentabr 2016 17064

O'tgan tunda O'zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz’ning tonggi dayjestida


Rossiyada 13 avtomobil ishtirokida halokat 

Vladimir shahrida beton qoruvchi mashina noto'g'ri burilish burchagini tanlagani bois 12ta avtomobilni urib ketdi.

>> Batafsil

 

Jim Kerri sud qilinishi mumkin

Mashhur hollivudlik komik aktyor Jim Kerriga nisbatan ariza topshirilgan bo'lib, unga ko'ra Kerri 2015 yilda hayotdan ko'z yumgan ma`shuqasi Katriona Uaytning o'limida gumon qilinmoqda.

>> Batafsil

 

Britaniya baronining qizi o'ldirib ketildi

Britaniya marhum baronining qizi Filippinda olib borilayotgan giyohvandlikka qarshi shafqatsiz kurashning qurboniga aylandi.

>> Batafsil

 

Branjyelina ajralmoqda

Taniqli yulduzlar  Anjyelina Joli va Bred Pitt juftligi o'n bir yillik munosabat va ikki yil qonuniy nikohdan so'ng ajrashmoqda.

>> Batafsil

 

Kiyevga 1 mlrd dollarlik kredit

AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden Ukraina prezidenti Poroshenko bilan BMT Bosh Assambleyasi 71-sessiyasi doirasida o'tkazgan uchrashuvida Amerika hukumati Kiyev ma`muriyatiga 1 mlrd dollarlik kredit kafolati berishga tayyorligini bildirdi.

>> Batafsil

 

Skype’ning barcha versiyalari o'chiriladi

Microsoft kompaniyasi Skype doirasida messenjyerning turli versiyalarining o'rnini bosadigan Skype for Life loyihasi ustida ish olib bormoqda.

>> Batafsil

 

Yaya Turesiz terma jamoa

Kot-d’ivuarlik futbolchi Yaya Ture terma jamoadagi faoliyatini yakunlagani haqida ma`lum qildi.

>> Batafsil

 

Armanistonda Mustaqillik kuni

Armaniston Respublikasi aholisi mamlakat Mustaqilligining 25 yilligini tantana qilmoqda.

>> Batafsil

 

Erdo'g'an BMTni isloh qilish zarurligini aytdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo'g'an BMTni, ayniqsa, xavfsizlikni ta`minlash bo'yicha qarorlarni qabul qilish borasida isloh qilish zarurligini aytdi. U bu haqda BMT Bosh assambleyasi sessiyasida aytib o'tdi.

>> Batafsil

Ko'proq yangiliklar: