Dayjyest: Buxoro viloyatining sobiq hokimi ishga qaytdi, dunyoning eng yaxshi universitetlari, sigaretasiz qolgan Turkmaniston, o'zbek boksi va Meyveyzer

O'zbekiston 22 Sentabr 2016 76190

Yakunlanib borayotgan 22 sentabr O'zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Mirzo Ulug'bek tumaniga yangi hokim

 

Toshkent shahrining Mirzo Ulug'bek tumaniga yangi hokim tayinlandi. Shahar hokimligi saytida berilgan axborotga ko'ra, tuman hokimi lavozimini Sherzod Kudbiyev egallagan.

>>> Batafsil.

Buxoro viloyatining sobiq hokimi ishga qaytdi

Buxoro viloyatining sobiq hokimi Samoydin Huseynov ismi sharifi yana mahalliy matbuotda paydo bo'la boshladi.

>>>  Batafsil.

Sobiq TTZ modernizatsiya qilinmoqda


Toshkent qishloq xo'jalik texnikalari zavodini (sobiq Toshkent traktor zavodi – TTZ) modernizatsiya qilish va qaytadan texnologik jihozlash ishlari boshlandi.

>>> Batafsil.

Dunyoning eng yaxshi universitetlari


Dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingini tuzuvchi THE World University Rankings'da so'nggi 12 yilda birinchi marta AQSh universitetlari birinchilikni qo'ldan boy berishdi.

>>>  Batafsil.

Shaytonga qiyoslangan Tramp


Meksika AQShda noyabr oyida bo'lib o'tadigan prezidentlik saylovida Donald Tramp g'alaba qozongan taqdirda “shayton bilan gaplashishga” to'g'ri keladi.

>>> Batafsil.

Turkmaniston sigaretasiz qoldi


Turkmanistonda tamaki mahsulotlari tanqisligi kuzatilayapti. Yaqin vaqtlardan boshlab, Turkmanistonning davlat do'konlarida tamaki mahsulotlari sotilmayapti.

>>> Batafsil.

Dunyoning eng go'zal sohilbo'yi mehmonxonalari


Dunyoda biri-biridan chiroyli mehmonxonalar juda ko'p. Shunday bo'lsa-da, ularning ba`zilari boshqalariga qaraganda ko'rkamroqdir.

>>> Batafsil.

Ortiqcha vazn bilan kurashishning samarali usuli


Xalqaro olimlar guruhi semizlikka genetik moyillikni parhez yoki jismoniy mashqlar bilan bartaraf etish mumkinligini aniqladi.

>>> Batafsil.


Meyveyzer Rahmatjon Ro'zioxunovni jamoasiga taklif qildi


Amerikalik afsonaviy bokschi Floyd Meyvezer o'zbekistonlik murabbiy Rahmatjon Ro'zioxunovni jamoasida ishlashga taklif etgan.

>>>  Batafsil.


Yechingan mo'g'ul murabbiysiga jazo

 


Shogirdining Rio-de-Janeyroda bo'lib o'tgan Olimpiada o'yinlari kurash bahslarida mag'lub bo'lganiga norozilik sifatida gilam ustida kiyimlarini yechish bilan tomosha ko'rsatgan mo'g'ul murabbiylariga jazo qo'llanildi.

>>> Batafsil.

Ko'proq yangiliklar: