19:26 / 22.09.2016
23324

Dunyoning eng nufuzli kishilari reytingi taqdim etildi

Bloomberg nashri dunyoning eng nufuzli 50 kishisi reytingini yangiladi. Sharafli 1-o‘rin Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri Tereza Meyga nasib etdi. 2-o‘rinni AQSh prezidentligiga nomzodlar Donald Tramp va Hillari Klintonlar bo‘lishib olishdi. XXR raisi Si Tszinpin 4-o‘ringa loyiq ko‘rildi. Kuchli beshlikni Amazon asoschisi va rahbari Jyeff Bezos yakunladi. 

Germaniya kansleri Angela Merkel dunyoning eng nufuzli kishilari reytingida 6-o‘rinni egalladi. 7-o‘ringa Yevropa Markaziy Banki prezidenti Mario Dragi munosib ko‘rildi. AQSh Federal rezerv raisi Janett Yyellen 8-pog‘onada qayd etildi. 9-o‘rin Berkshire Hathaway bosh direktori Uorren Baffet tomonidan band qilindi. 10-o‘rinni esa Braziliya Federal sudyasi Serhio Moro egalladi. 

Bu yil nomi ko‘p tilga olingan kishilarga to‘xtaladigan bo‘lsak, Tesla Motors rahbari Ilon Mask ro‘yxatning 11-pog‘onasidan joy oldi. Alibaba asoschisi Jyek Ma nomi 17-o‘rinda qayd etildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin dunyoning nufuzli kishilari reytingining 30-o‘ringa munosib ko‘rilgan. Facebook ijtimoiy tarmog‘ining bosh direktori va hammuassisi Mark Tsukerberg esa 39-o‘rinni egalladi. 

 

Mavzuga oid
Top