17:14 / 22.09.2016
5544

Filning “professional” bayramiga antiqa sovg‘a tayyorlandi

Bugun 22 sentabr kuni butun dunyoda Fillar kuni nishonlanadi. Shu munosabat bilan Kiyevdagi hayvonot bog‘ida Xoras ismli filni “professional” bayram bilan tabriklashdi. Bu haqida Segodnya.ua nashri ma'lum qildi

Hayvonot bog‘i jamoasi fil uchun maxsus taom – ulkan vegetarian kabobini tayyorladi. 40 kilogrammli maxsus taomni yosh filga hayvonot bog‘i direktorining shaxsan o‘zi taqdim qildi. 

Bundan tashqari bayram munosabati bilan taqdim qilingan tarvuz, qovun va baqlajonlar Xorasga juda ma'qul keldi. 

 

Top