20:02 / 23.09.2016
9708

Xitoylik jurnalist noodatiy sabablar tufayli ishdan bo‘shatildi, bu esa barchaning e'tiboriga tushdi...

Xitoyda quyoshdan himoyalanish uchun soyabon va quyoshdan saqlovchi ko‘zoynaklarda intervyu olgan ayol jurnalist ishidan chetlatildi. 

Voqea Syamin shahrida yuz berdi. Nomi oshkor qilinmagan jurnalist "Meranti" to‘fonidan keyin vayronalarni tozalashda ishtirok etgan ko‘ngillidan intervyu olgan.

Ta'kidlanishicha, jurnalistning tashqi ko‘rinishi u intervyu olayotgan odamnikidan keskin farq qilgan. Ayol noprofessionallikda, didsizlik va suhbatdoshiga hurmatsizlikda ayblangan.

"Jurnalistlarimizdan biri qoidalarni buzdi va intervyuni risoladagidek ololmagan. U kasbining nufuziga putur yetkazdi va tomoshabinlarda salbiy fikrlar uyg‘otdi", deb aytildi ayol ishlagan telekanal rahbariyati bergan bayonotda.   

Shu bilan birga ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ushbu voqeaga turlicha fikr bildirishgan. Ba'zilar muxbirni tanqid qilishgan, ba'zilar aksincha unga yon bosishgan. "Jurnalist bo‘lib ishlash naqadar og‘irligini bilganingizda, siz uning buyumlariga e'tibor bermagan bo‘lardingiz", deb yozgan mahalliy ijtimoiy tarmoq Weibo foydalanuvchilardan biri.  

Muxbir yana ishiga qaytishi mumkinligi haqida hech narsa aytilmagan.

"Meranti" Xitoyda oxirgi 20 yil ichida yuz bergan eng kuchli to‘fon bo‘ldi. Shamol tezligi soniyasiga 100 metrga yetgan. Tsiklon Xitoyning qit'adagi qismi va Tayvanda katta vayronagarchiliklarga olib kelgan. 

 

Top