21:09 / 23.09.2016
5196

OAV: Google kompaniyasi Twitter’ni sotib olishga qiziqmoqda

Twitter bir necha texnologik  va mediakompaniyalar bilan o‘zini sotish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, deb ma'lum qildi CNBC.

Ta'kidlanishicha, xaridorlar orasida Google va Salesforce.com kompaniyalari bor.

Ma'lum qilinishicha, mikrobloglar xizmati aksiyalari uning sotilishi mumkinligi haqidagi xabarlardan keyin 15 foizga o‘sgan. Ta'kidlanishicha, sotish bo‘yicha bitim tuzilishiga ishonch yo‘q, biroq bir manbaning aytishicha, kompaniyani sotish bo‘yicha muzokaralar yil oxirigacha yakunlanishi mumkin. 

Avvalroq Twitter direktorlar kengashi kompaniyani butunligicha yoki uning ba'zi xizmatlarini sotishni muhokama qilmoqchiligi ma'lum qilingan.

 

Top