10:48 / 23.09.2016
11866

Rassomlar chizilgan pullar bilan hisob-kitob qilish mumkin bo‘lgan do‘kon ochishdi

Amsterdamda rassomlar va multiplikatorlar ruchka ishlab chiqaruvchilar bilan birga ijodiy do‘kon ochishdi. 

Bu do‘konda istalgan narsani xaridor o‘zi chizgan pullarga sotib olishi mumkin.

Bu yerda pullar uchun namunalar va ularni chizish uchun ruchkalar olish mumkin. Do‘konda bunday pullarga stol futboli, bouling uchun kegli, magnitola, smartfon, proyektor, mebel, o‘yinchoqlar va yana ko‘plab narsalarni xarid qilish mumkin.

Do‘kon bir zumda ko‘plab odamlar e'tiborini tortdi. Uning yakuniy maqsadi tashkilotchilar hozircha oshkor qilmayotgan badiiy aksiyadan iborat.

 

Top