15:12 / 23.09.2016
9117

Suriya samolyotlari Halabda yana bombardimon ishlarini amalga oshirdi

Harbiy samolyotlar Halab sharqida Suriya hukumati urush qaytadan boshlangani haqida e'lon qilishidan bir necha soat o‘tib keng ko‘lamli bombardimon ishlarini amalga oshirishdi. Bu haqda qutqaruvchilar va huquq faollariga asoslanib, Reyter agentligi xabar tarqatdi.

Rossiya samolyotlari havodan qo‘llab-quvvatlab borayotgan Suriya harbiylari Halab viloyati sharqiga, kamida 250 ming kishi istiqomat qiladigan hududga keng ko‘lamli hujum boshlagan.

Suriya hukumati oxirgi bombardimonlar haqidagi xabarga munosabat bildirmadi, qurbonlar haqida aniq ma'lumotlar yo‘q.

Mavzuga oid
Top