08:40 / 23.09.2016
4258

Tokiodan janubi-sharqiy tomonda Tinch okeanida zilzila yuz berdi 

Tokiodan janubi-sharqiy tomonda Tinch okeanida 6,4 magnitudali zilzila yuz berdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Ta'kidlanishicha, zilzila markazi Tokiodan 232 km uzoqlikda, o‘chog‘i 10 km chuqurlikda bo‘lgan.

Yaponiyaning bir necha hududida kuchsiz silkinishlar sezilgan.

Ayni vaqtda vayronalar va qurbonlar haqida ma'lumotlar mavjud emas. Tsunami yuz berishi xavfi yo‘q. 

Top