15:04 / 23.09.2016
41148

«O‘zbekenergo» rahbari lavozimidan ozod etildi

Foto: UzReport

«O‘zbekenergo» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi Iskandar Basidov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Kompaniya rasmiy saytida Basidov haqida ma'lumotlar olib tashlangan.

Ayni vaqtda rahbariyat bo‘limida rahbar nomi yo‘q, bu bo‘limda faqatgina boshqaruv raisining o‘rinbosarlari ism-shariflari qayd etilgan.

Ma'lumot uchun, Basidov «O‘zbekenergo»ni 2012 yilning dekabridan buyon boshqarib kelayotgandi.

Mavzuga oid
Top