23:39 / 24.09.2016
5746

“Arsenal” London derbisida “Chelsi”ni yirik hisobda mag‘lub qildi

Angliya Premer-ligasining 6-tur markaziy uchrashuvi Londonda “Arsenal” – “Chelsi” o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

O‘yin startini muvaffaqiyatli boshlagan “to‘pchilar” birin-ketin “Chelsi” darvozaboni Tibo Kurtuani ojiz qoldirishdi. Dastlab 11-daqiqada Aleksis Sanches gol urib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan uch daqiqa o‘tib esa Teo Uolkott katta sahnaga chiqib, “to‘pchilar”ning ikkinchi golini urdi. Mesut O‘zil esa 40-daqiqada o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi, 3:0.

Shunday qilib, “Arsenal” London derbisida “Chelsi”ni mag‘lub qildi hamda ochkolari sonini 13taga yetkazib oldi.

Arsenal – Chelsi 3:0

Gollar
: 1:0 – 11 Sanches, 2:0 – 14 Uolkott, 3:0 – 40 O‘zil. 

Arsenal – Chex, Mustafi, Monreal, Belerin, Koselni, Uolkott, Koklen (Djaka, 32), Sanches (Jiru, 79), O‘zil, Ivobi (Gibbs, 69), Kasorla.

Chelsi – Kurtua, Keyxill, Aspilikueta, Ivanovich, David Luiz, Kante, Matich, Fabregas (Alonso, 55), Villian (Pedro, 70), Azar (Batshuayi, 71), Diyego Kosta.

Ogohlantirishlar: Ivanovich (28), Diyego Kosta (83).

 

Top