21:08 / 24.09.2016
6423

“Bunyodkor”, “Paxtakor” va “Mash'al”dan yirik g‘alaba va boshqa o‘yinlar

O‘zbekiston Oliy Ligasining 23-turidan o‘rin olgan 6ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, “Bunyodkor” jamoasi uyda “Qo‘qon-1912”ni qabul qildi hamda 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. “Paxtakor” ketma-ket uchinchi o‘yinda ham g‘alaba nashidasini surib, Namanganda “Navbahor” darvozasini besh bor ishg‘ol qildi. Bunga esa mezbonlar atigi 1 bor javob to‘pini yo‘llashdi.

Muborakda esa “Mash'al” vodiyning boshqa bir jamoasi “Andijon”ni qabul qildi va 5:0 hisobida g‘alaba qozonishga erishdi.

Turning qolgan natijalari bilan tanishing:

“Bunyodkor” (Toshkent) – “Qo‘qon-1912” (Qo‘qon) - 3:0
Gollar: 
J. Ibrohimov 13, Sh. Gadoyev 41, D. Hamdamov 89.

“So‘g‘diyona” (Jizzax) – “Sho‘rtan” (G‘uzor) - 0:2
Gollar: 
J. Otaqulov 50, Z. Polvonov 80.

“Navbahor” (Namangan) – “Paxtakor” (Toshkent) - 1:5
Gollar: 
J. Sohibov 28, A. Ahmedov 53, J. Hakimov 62, J. Iskanderov 77, J. Sohibov 86,  Sh. Abbosov 90+2.

“Mash'al” (Muborak) – “Andijon” (Andijon) - 5:0
Gollar: K. To‘rayev 5,19, 44, J. Hasanov 37, Z. Qo‘ziboyev 81.

“Neftchi” (Farg‘ona) – “Olmaliq” (Olmaliq) - 3:1
Gollar: 
Sherzod Hakimov 1, 14, Rahmonov 57 (pen.) -  M. Mamazulumov 45.

“Metallurg” (Bekobod) – “Buxoro” (Buxoro) - 1:2
Gollar: 
A. No‘'monov (40 pen.) – V. Chemirtan 45, Sh. Salomov 89. 

Manba: Tribuna.Uz

Top