21:37 / 24.09.2016
4717

«Liverpul» uyda «Xall Siti»ni yirik hisobda mag‘lub qildi

Yurgen Klopp boshchiligidagi «Liverpul» jamoasi APLning 6-turida uyda «Xall Siti»ni qabul qildi.

Uchrashuvda Jyeyms Milner penaltidan ikkita gol kiritdi. Maydon egalari safida shuningdek Lallana, Mane hamda Koutinolar gollarga mualliflik qilishdi. «Xall Siti»dan yagona golni Meyler kiritdi. Aytish kerakki, mehmonlar futbolchisi 29-daqiqada qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Natijada, «Liverpul» o‘yinda bir kishi ko‘p bo‘lib harakat qildi hamda APLning ketma-ket uchinchi o‘yinida ham g‘alaba nashidasini surdi.

Angliya chempionati
6-tur

"Liverpul" – "Xall" 5:1 (3:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 17 Lallana, 2:0 – 30, penalti Milner, 3:0 – 36 Mane, 3:1 – 51 Meyler, 4:1 – 52 Koutino, 5:1 – 71, penalti Milner.
"Liverpul" – Karius, Matip, Klavan, Klayn, Koutino (Gruyich, 74), Lallana (Starrij, 69), Firmino, Veynaldum, Mane, Xenderson (Jan, 74), Milner.
"Xall" – Marshall, Al-Muxammadi, Devis, Robertson, Meyson (Xenriksen, 73), Klukas, Xaddlstoun (Maguayr, 46), Livermor, Snodgrass, Ernandes, Diomande (Meyler, 33).
Ogohlantirishlar: Xaddlstoun (7), Milner (19), Meyson (37).
Chetlatish: Al-Muxammadi (29).

Manba: Tribuna.Uz

Top