21:19 / 24.09.2016
5815

Mourino: Biz ajoyib g‘alabaga erishdik

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Joze Mourino Angliya chempionatidan o‘rin olgan “Lester” (4:1)ga qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.

“Ajoyib o‘yin va natija. “Lester”ga qarshi o‘ynash doimo qiyin bo‘lgan. Ikkinchi bo‘lim teng kurash ostida o‘tdi. Futbolchilar yaxshi harakat qilishdi, tezkor o‘yin ko‘rsatishdi.

Angliya chempionini mag‘lub qilganimizdan xursandman. Buni yashirmoqchi emasman.

Runi – “Manchester Yunayted” va Angliya terma jamoasi uchun ham muhim futbolchi. Men unga to‘liq ishonaman”, - deydi Mourino.

Manba: Tribuna.Uz

Top