13:38 / 24.09.2016
10467

Shvartsenegger “Barselona” klubi bazasiga tashrif buyurdi

Aktyor va Kaliforniya shtatining sobiq gubernatori Arnold Shvartsenegger  “Barselona” klubi bazasiga tashrif buyurdi va futbolchilarning o‘quv mashg‘ulotlari ustidan chiqdi.

Arnold bilan himoyachi Xordi Alba, yarim himoyachi Xaver Maskerano, Serxio Buskets, Denis Suares va Rafinya Alkantara, shuningdek, Neymar va Pako Alkaserlar muloqotda bo‘lishdi. Shvartsenegger Kataloniya poytaxtiga kulturistlarning Arnold Classic Europe musobaqasida qatnashish uchun tashrif buyurgan.

Mavzuga oid
Top