19:10 / 24.09.2016
6389

Turkiyalik futbolchi Qozondagi masjid qurilishiga 60 million rubl ajratdi

“Rubin” legioneri Gyokdeniz Karadeniz Rossiyaning Qozon shahrida qurilayotgan masjidga moddiy yordam berdi.

Ma'lumotga ko‘ra, futbolchi 60 million rubl ajratgan. Gyokdenizning o‘zi aynan qancha mablag‘ ajratganini yashirgan.

“Odamlar masjid yoki cherkov qurishganida, bu haqida gapirmasliklari kerak. Bu – noto‘g‘ri. Eng muhimi men kerakli qarorga keldim, va'damning ustidan chiqdim”, - deydi futbolchi.

Ayrim ma'lumotlarga ko‘ra, masjid qurilishi ishlari 2018 yilda nihoyasiga yetkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, Gyokdeniz Karadeniz “Rubin” safida 2008 yildan beri to‘p suradi.

Top