21:30 / 25.09.2016
20386

Haftalik dayjest: O‘zbekiston va xalqaro maydonda ro‘y bergan eng sara voqea va hodisalar

O‘tgan hafta mobaynida O‘zbekiston va xalqaro hayotda muhim voqealar sodir bo‘ldi, muhim qarorlar qabul qilindi, ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan hodisalar sodir bo‘ldi. Ana shu voqea-hodisalarning eng muhim va qiziqarlilari haftalik dayjestda.

 

20 sentabr

Suriyada BMTning insonparvarlik yordamlari olib ketayotgan konvoyi o‘qqa tutildi. Buning oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi. Natijada AQSh Suriyada Rossiya bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqchi ekanligini ma'lum qildi.

Qirg‘iziston prezidenti yuragidagi muammo sababli AQShga ketayotgan yo‘lidan ortga qaytdi. U oy oxiriga qadar Turkiyada davolanadigan bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev metroning «Yunusobod» yo‘nalishidagi qurilish ishlarini yakunlash topshirig‘ini berdi.

Shavkat Mirziyoyev Angrenga tashrifini amalga oshirdi. Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev paralimpiyachilarni mukofotlash haqidagi farmoyishini imzoladi.

Bu xabarlar haqida >>>  batafsil.

 

21 sentabr.

O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston qahramoni Abdulla Oripov 2 sentabr kuni vafot etgan O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovga atab marsiya yozdi.

Politsiya qurolsiz afroamerikalikni otib o‘ldirishi bilan bog‘liq voqeadan keyin Shimoliy Kaliforniyada norozilik namoyishlari boshlandi.

AQShning Indiana shtatida huquq-tartibot organlari xodimlari giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi qizni qo‘lga olishdi.

Rossiya Markaziy banki ma'lumotlarida keltirilishicha, shu yilning yanvar oyidan iyul oyiga qadar O‘zbekistonga 952 mln dollar jo‘natilgan.

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida 7-18 sentabr kunlari o‘tkazilgan 15-Paralimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan O‘zbekiston jamoasi bo‘lgan samolyot bugun, tonggi 06:15da Turkiya orqali Toshkentga xalqaro aeroportiga yetib kelishdi.

Bu xabarlar haqida >>> batafsil.

 

22 sentabr

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumaniga yangi hokim tayinlandi. Shahar hokimligi saytida berilgan axborotga ko‘ra, tuman hokimi lavozimini Sherzod Kudbiyev egallagan.

Toshkent qishloq xo‘jalik texnikalari zavodini (sobiq Toshkent traktor zavodi – TTZ) modernizatsiya qilish va qaytadan texnologik jihozlash ishlari boshlandi.

Turkmanistonda tamaki mahsulotlari tanqisligi kuzatilayapti. Yaqin vaqtlardan boshlab, Turkmanistonning davlat do‘konlarida tamaki mahsulotlari sotilmayapti.

Amerikalik afsonaviy bokschi Floyd Meyvezer o‘zbekistonlik murabbiy Rahmatjon Ro‘zioxunovni jamoasida ishlashga taklif etgan.

Bu xabarlar haqida >>>  batafsil.


23 sentabr

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 22 sentabr kuni Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Asqar Maminni qabul qildi.

Suriya armiyasi Halabning jangarilar tomondan egallangan hududlariga tez orada yangi hujumlarni boshlashini e'lon qildi.

Rossiya poytaxti sharqidagi Golyanovo tumanida joylashgan omborxonada chiqqan yong‘inni o‘chirish ishlariga jalb etilgan o‘t o‘chiruvchilarning 8 nafari olov ichida izsiz yo‘qoldi.

19 sentabr kuni yuragida muammo borligi aniqlangan va 1 hafta muddatga ta'tilga chiqib, Turkiyada qolgan Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev davolanish kurslarini Moskvada o‘taydi.

Bu xabarlar haqida >>> batafsil.

 

24 sentabr

“O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonuniga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarda respublika fuqaroligidan mahrum bo‘lish hollariga oydinlik kiritildi.

2016 yil 23 sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunning 21-moddasida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskada bo‘lganlar o‘z qarindoshlarini propiskaga qo‘yishlari mumkin yoki mumkin emasligiga oydinlik kiritilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik Kodeksiga, Yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmagan piyodalarga ma'muriy jazolarni tayinlashni kengaytiruvchi to‘ldirishlar kiritildi.

Pavel Durovning Telegram messenjerida surat va videolarga niqoblar, stikerlar va matn qo‘shish funksiyasi paydo bo‘ldi.

Bu xabarlar haqida >>> batafsil.

Top