12:53 / 25.09.2016
6806

“Arsenal” 26 yildan so‘ng “Chelsi”ni yirik hisobda mag‘lub qildi

Angliya Premer-ligasining  6-tur o‘yinida “Arsenal” o‘z maydonida “Chelsi” jamoasini qabul qilib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Natijada “to‘pchilar” 1990 yildan buyon birinchi marta raqibini yirik hisobda mag‘lub eta oldi. O‘shanda “Arsenal” 4:1 hisobida zafar quchgandi. Shundan qilib, “Arsenal” 26 yildan keyin “Chelsi”ni yirik hisobda mag‘lub qildi.

Bundan tashqari, “Arsenal” 2011 yildan buyon birinchi marta “Chelsi”ni APL doirasida mag‘lubiyatga uchratdi.

Manba: Tribuna.Uz

Top