15:49 / 25.09.2016
4637

Iroq g‘arbida terakt tufayli 15 politsiyachi halok bo‘ldi

Iroq g‘arbida yana bir portlash amalga oshirilishi oqibatida 15 nafar politsiyachi halok bo‘lgan. Bu haqda  Sinxua xabar bergan.

Hozircha bu terakt uchun javobgarlikni hech bir tashkilot o‘z zimmasiga olmagan. Bu hududdagi teraktlar IShID tomonidan sodir etilishi qayd etib o‘tilgan.

Bugun Iroqning Tikrit shahridan shimoldagi nazorat-o‘tkazuv qismiga qilingan hujum oqibatida 12 nafar politsiyachi halok bo‘lgandi.

Mavzuga oid
Top