23:18 / 25.09.2016
6881

Nyu-York shtatida ikki samolyot to‘qnashishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

AQShning Nyu-York shtatidagi Eri okrugida ikkita yengil motorli samolyot – Cessna 140 va Piper Cherokee to‘qnashishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Buffalo news.

Ta'kidlanishicha, samolyot uchuvchilari professional uchuvchilar bo‘lmaganlar, biroq kamida 15 yil davomida to‘xtovsiz parvozlar amalga oshirganlar.

Ma'lum qilinishicha, falokatga parvoz vaqtida "ko‘rinmas hududlarga" e'tiborsizlik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. 

 

Mavzuga oid
Top