Geologiya va geofizika instituti Geologiya davlat qo'mitasi ixtiyoriga o'tkazildi

Jamiyat 26 Sentabr 2016 5466

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 13 sentabrda imzolagan qaroriga muvofiq, Habib Abdullayev nomidagi  geologiya va geofizika instituti O'zbekiston Fanlar akademiyasi tizimidan chiqarilib, Davlat geologiya va mineral zaxiralar qo'mitasi ixtiyoriga o'tkazilgan. 

Lex.uz saytida e`lon qilingan hujjat matniga ko'ra, yerosti boyliklarini geologik o'rganish sohasida olib borilayotgan tadqiqotlarning ilmiy darajasi va samaradorligini sezilarli oshirish hamda ularning mamlakat mineral-xom-ashyo bazasini yaxshilash uchun amaliy ishlab chiqarish va geologiya-razvedka ishlari bilan o'zaro aloqasini ta`minlash maqsadida shunday qaror qabul qilingan. 

Qarorga muvofiq, Davlat geologiya qo'mitasi ikki oy muddatda Geologiya va geofizika institutining 2017/19 yillarga mo'ljallangan istiqbolli tadqiqotlari dasturini ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan. 
 

Ko'proq yangiliklar: