AQShning Nyu-Jyersi va Nyu-York shtatlarini bog‘lab turuvchi Linkoln tonnelida ikkita avtobus to‘qnashib ketdi. Oqibatda 24 kishi jarohatlandi. Bu haqda NBC telekanali xabar bermoqda.
Avtobuslar avariyasi mahalliy vaqt bilan taxminan 8:50da (Toshkent vaqti bilan 17:50) yuz bergan. Mahalliy yong‘in xavfsizligi xizmatining xabariga ko‘ra, jarohatlanganlar orasidan bir kishining ahvoli og‘ir, deya baholangan.
Ma'lumot uchun, Nyu-York va Nyu-Jyersini bog‘lab turuvchi ushbu tonnelda bir yilda 42 millionga yaqin mashina harakatlanadi.