18:12 / 26.09.2016
15079

O‘zbekistonda 2015 yildan boshlab xalq ta'limi tizimidagi metodistlar ish haqi miqdorlari 1,5 baravarga oshirildi

1997 yildan O‘zbekistonda 1 oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami sifatida nishonlab kelinmoqda. Umumta'lim maktablarida 385 364 nafar ustoz va murabbiylar faoliyat ko‘rsatadi. Bu haqda O‘zbekiston Xalq ta'lim vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Pedagoglarning 273 065 nafari (70,9 foizi) ayol, 112 299 (29,1 foizi) erkak o‘qituvchilardir. 

O‘qituvchilarning 15 948 nafari oliy (4,1 foiz), 58 989 nafari (15,3 foiz) birinchi, 139 064 nafari (36,1 foiz), ikkinchi toifaga ega, 171 363 nafari (44,5 foizi) mutaxassis sifatida faoliyat yuritishadi.

So‘nggi uch yilda qariyb 25 ming nafar yosh pedagoglar maktablarga ishga qabul qilindi. 

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 25 noyabrdagi PQ-227-sonli qarori asosida 2006 yil 1 yanvardan eng ilg‘or va faol o‘qituvchilarning oylik maoshlariga 40 foizgacha ustama haq to‘lash tizimi yo‘lga qo‘yildi.

2015 yilning 1 yanvaridan boshlab xalq ta'limi tizimidagi metodistlar ish haqi miqdorlari 1,5 baravarga oshirildi.

Mustaqillik yillarida 4041 nafar ustoz va murabbiylar davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Shulardan 7 nafari “O‘zbekiston qahramoni”, 124 nafari “El-yurt xizmati” ordeni, 304 nafari O‘zbekiston xalq o‘qituvchisi, 317 nafari O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta'limi xodimi, 399 nafari O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi, 303 nafari “Mehnat shuhrati” ordeni va boshqa davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. 

1 oktabr, “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”

Top