18:20 / 26.09.2016
111066

O‘zbekistonda shartnoma bo‘yicha harbiy xizmat muddati o‘zgardi

O‘zbekistonda shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatga unvonidan qat'i nazar 5 yil muddatga qabul qilish tartibi joriy etildi.

O‘zbekiston prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev tomonidan «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi qonunga kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra shartnoma asosida harbiy xizmatga qabul qilinayotgan shaxslar bilan dastlabki shartnoma 5 yil muddatga tuziladi.

Parlamentning quyi palatasi tomonidan qabul qilingan va Senat tomonidan tasdiqlangan Qonun hujjati 24 sentabr kuni nashrlarda e'lon qilindi va kuchga kirdi.

Harbiy xizmatda bo‘lishga imkon beruvchi yoshga qadar 5 yildan kam qolgan bo‘lsa, shartnoma bundan oz muddatga tuzilishi mumkin.

Ilgarilari harbiy xizmatni o‘tash borasidagi dastlabki shartnoma muddati unvonga bog‘liq edi. Xususan, oddiy askar va serjantlar bilan 3 yil, ofitserlar tarkibidagi lavozimlarda xizmat o‘tash bo‘yicha esa 5 yil muddatga shartnoma tuzilardi.

Harbiy xizmatni o‘tash muddati va uning asosiy shartlari avvalgidek shartnomada belgilanadi.

Mavzuga oid
Top