08:45 / 26.09.2016
8045

WBA Fyurini chempionlik unvonidan mahrum qilishi mumkin

Butunjahon boks uyushmasi (WBA) prezidenti Gilberto Mendosa tashkilot britaniyalik bokschi Tayson Fyurini chempionlik unvonidan mahrum qilishi mumkinligini aytdi. 

Avvalroq britaniyalik ikkinchi marta salomatligi sababli Vladimir Klichko bilan revansh jangidan bosh tortgandi va ko‘rinishicha, unvonni qo‘lga kiritgandan keyin bir yil ichida uni himoyalash uchun ulgura olmaydi.

"Tayson unvonni yo‘qotishi ehtimoli bor. Hozircha biz uning salomatligi haqida hech kanday rasmiy ma'lumot olmadik. Bunday ma'lumotni olishimiz bilan biror qaror qabul qilamiz", deb Mendosa aytgan so‘zlarni keltirib o‘tdi World Boxing News nashri.

Mavzuga oid
Top