22:05 / 26.09.2016
13303

Jahonning yirik moliyaviy markazlari ro‘yxati e'lon qilindi

London jahonning yirik moliyaviy markazlari ro‘yxatida birinchi o‘rinda qayd etildi. Nyu-York esa undan keyingi o‘rinni egalladi. Bu haqda Global Financial Centres Index (GFCI) yarim yillik hisobotlariga ko‘ra, Z/Yen Group Ltd. konsalting markazi xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, London ro‘yxatda 795 punkt, Nyu-York esa — 794 punkt bilan qayd etilgan. Yarim yil muqaddam ro‘yxatni aniqlash sakkiz banddan iborat edi. Ekspertlarning taklifiga ko‘ra, qisqartirishlar Britaniyaning YeIdan chiqishi bilan bog‘liq referendumga aloqasi yo‘q.  

Ma'lumotlarga ko‘ra, Singapur (752 punkt) uchinchi o‘rinda, yarim yil oldingi singari Honkong (748 punkt) to‘rtinchi o‘rinda, Tokio (734 punkt) esa beshinchi o‘rinda qayd etilgan.

 

Top